652237884
Uzoq o‘tmishdayoq o‘zbek xalqining ilg‘or mutafakkirlari olib borgan tadqiqotlar, ularning amalga oshirgan kashfiyotlari jahon, umuminsoniyat fani va madaniyatining oltin xazinasini tashkil etadi.
Bilimlar xazinasini ochgan buyuk ajdodlarimizning nomlari butun dunyoda mashhur. Yunonistonning buyuk faylasufi Aristotelning fikricha, “Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi”, - deganida ming bora haq edi...
Sababi Aristotel necha ming yillar oldin aytib ketgan fikrlari bugungi davr uchun juda qimmatli.
Azal-azaldan fan va madaniyat markazi, milliy qadriyatlar va maʼnaviyat sarchashmasi, ulug‘ allomalar, olimu fozillar makoni bo‘lib kelgan Buxoroi Sharifda tashkil qilingan Buxoro muhandislik texologiya instituti uzoq tarixga ega institut hisoblanadi.
Dastlab institut 1959-1972 yillarda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent politexnika instituti Buxoro kechki umumtexnika fakulteti, fakultet 1972 yil 21 iyulda Ittifoq oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan qabul qilingan Qarorga asosan Toshkent politexnika institutining filialiga aylantirildi. Filial direktori lavozimiga Buxoroning asl farzandi, prof.M.N.Raxmatov tayinlangan. M.N.Raxmatov institutning birinchi g‘ishtini qo‘ygan, shu institutga asos solgan, umrining oxirigacha shu institut uchun o‘z hayotini bag‘ishlagan fidoyi inson edi.
1972 yilda Toshkent Politexnika institutining Buxoro kechki fakulteti tarkibiga qurilish va umumtexnika fakultetlari hamda sanoat va fuqaro qurilish meʼmorchiligi, qurilish konstruksiyalari, geodeziya va geologik fanlar, ijtimoiy fanlar kafedrasining bo‘linishi natijasida yangidan shakllangan tarix va siyosiy iqtisod, falsafa kafedralari, fizika-kimyo kafedrasi asosida tashkil etilgan alohida fizika va kimyo kafedralari faoliyat ko‘rsata boshlagan edi. 1971-1972 o‘quv yilini 1909 ta talaba bilan 214 tamuhandisni tayyorlab chiqargan, yana fakultetga 525 talabani qabul qilish bilan faoliyatini boshlagan.
1977-78 o‘quv yilida Toshkent Politexnika instituti filiali va yangi
tashkil etilgan Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti o‘z faoliyatini birga davom ettirgan bo‘lsa, 1978 yilning birinchi sentyabridan boshlab O‘rta Osiyoda yagona mustaqil Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya instituti mustaqil ish boshladi va Toshkent Politexnika instituti filiali o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
2002 yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutining rektori sifatida ish boshlagan M.T.Xodjiyev mutaxassisligi bo‘yicha – muhandis-mexanik-texnolog, texnika fanlari doktori, professor.
Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutida o‘sha yili 5 ta fakultet, 26 ta kafedra, 25 ta bakalavriat taʼlim yo‘nalishi va 19 ta magistratura mutaxassisligi mavjud edi.
Institut talabalariga 327 nafar malakali professor-o‘qituvchilar taʼlim berar edi. Ularning asosiy shtatdagilaridan 18 nafari va o‘rindoshlik asosida shtatdan 13 nafari fan doktori, professor, 171 nafar fan nomzodi va dotsent edi. M.T.Xodjiyev oliygohda ilmiy darajali professor-o‘qituvchilarning o‘rtacha yoshini yoshartirishga, ayni chog‘da ilmiy salohiyatini muttasil oshirib borishga alohida eʼtibor qaratgan.