Guliston davlat pedagogika instituti

Institut haqida umumiy ma'lumot
  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qaroriga muvofiq Guliston davlat universitetining pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Guliston davlat pedagogika instituti tashkil etildi.

  Qarorning 13-bandi beshinchi xatboshisida 2022/2023 o‘quv yilida Guliston davlat universitetining pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul qilingan talabalar o‘qishlarini Guliston davlat pedagogika institutida boshlashi belgilab qo‘yilgan.

Quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul qilingan talabalar 2022/2023 o‘quv yilida o‘qishlarini Guliston davlat pedagogika institutida boshlaydi:

Bakalavriatura (kunduzgi):

60110100 - Pedagogika
60110200 - Maktabgacha ta’lim
60110500 - Boshlang‘ich ta’lim
60110600 - Matematika va informatika
60110700 - Fizika va astronomiya
60111000 - Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
60111200 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
60111300 - Musiqa ta’limi
60111400 - O‘zbek tili va adabiyoti
60111500 - Ona tili va adabiyoti: qozoq tili va adabiyoti
60111700 - O‘zga tilli guruhlarda rus tili
60111800 - Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
60112100 - Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
60112200 - Jismoniy madaniyat
60112200 - shu jumladan, xotin-qizlar sporti yo‘nalishi bo‘yicha
60112300 - Texnologik ta’lim
Bakalavriatura (sirtqi):

60110600 - Matematika va informatika
60111200 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
60110100 - Pedagogika va psixologiya
60111300 - Musiqa ta’limi
60110500 - Boshlang‘ich ta’lim
60110200 - Maktabgacha ta’lim
60112200 - Jismoniy madaniyat
60112300 - Texnologik ta’lim
60111000 - Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
Magistratura:

70110102 - Pedagogika va psixologiya
70110201 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)
70110501 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
70110602 - Ta’limda axborot texnologiyalari
70111001 - Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (geografiya)
70111202 - Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
70112101 - Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari)
70112301 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim)